У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi, 500 dan ortiq yangi avtobus sotib olinadi

calendar 10.01.2018
1268

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Aholiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatining sifati va ko‘lamini oshirish, jumladan, yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish va avtostansiyalar qurish rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha bilan «O‘zavtodaryotrans» agentligi, Markaziy bank, «O‘zavtosanoat-lizing» MChJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shug‘ullanadi. Loyihaga 184,1 mlrd. va 5,8 mlrd. so‘m ajratilishi kutilmoqda.

Aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash doirasida respublika bo‘yicha 68 ta yangi avtobus yo‘nalishini ochish, yo‘lovchi tashish korxonalari tomonidan 571 ta yangi avtobus sotib olish va 19 ta avtostansiya qurish, rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.

Яндекс.Метрика