У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda yangi IT-telekanal ishga tushadi

calendar 24.03.2018
2378

O‘zbekistonda yangi internet telekanal ishga tushadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.

Telekanal axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar mavzusiga yo‘naltiriladi.

Vazirlik va “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali yangi tashkil etilayotgan internet telekanalda ishlash uchun boshlovchi va jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi.

“Biz yorqin iste’dodlarni qidirmoqdamiz. Jurnalistik faoliyat bo‘yicha tajribangiz bo‘lsa, yanada yaxshi! Asosiy talablar: o‘zbek, rus va ingliz tilini bilish, matn yozish mahorati, chiroyli tashqi qiyofa (boshlovchilar uchun), ravon nutq, kirishimlilik va savodxonlik”, — deyiladi e’londa.

Shuningdek, texnik xodimlar teletasvirchilar, montaj ustalari, grafika ustalari, chiroqchi-texniklar, ovoz operatori uchun ham tanlov ketmoqda.

Яндекс.Метрика