У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidasini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnoma elektron shaklda to‘ldiriladi

calendar 02.03.2018
885

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidasini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnoma elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etilishi boshlangandan so‘ng shunday imkoniyat tug‘ildi. Qoida buzilishlar bo‘yicha barcha ma’lumotlar maxsus elektron bazaga joylashtiriladi. Ayni paytda mazkur tizimni ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, sessiyada mamlakatda 2020-yil 1-yanvarga qadar yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlari to‘liq almashtirilishi, svetoforlar tartibga keltirilishi, innovatsion materiallardan foydalangan holda yangi yo‘l chiziqlari tortilishi ma’lum qilindi.

Яндекс.Метрика