У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi siyosiy mahbuslarning ozodlikka chiqarilishiga oid bayonot berdi

calendar 04.03.2018
731

                                               

O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi “vijdon asirlari ozod qilinishi”ga oid bayonotini e’lon qildi.

 

“AQSh Elchixonasi yaqinda O‘zbekistonning davlat siyosatidagi muhim o‘zgarishlar sababli ozodlikka chiqarilgan uzoq muddatli vijdon mahkumlari Muhammad Bekjonov, Isroil Xoldorov va Yusuf Ro‘zimurodovni mamnuniyat bilan kutib oldi. Biz ozodlikka chiqqan mahbuslarga adolat, sog‘liqni qayta tiklash va yangi kuchlar tilaymiz. Biz O‘zbekiston hukumatini yana boshqa mahbuslarni ozodlikka chiqarishga va ozod bo‘lganlarga ularning to‘laqonli ozod inson ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari topshirilishiga chaqiramiz. Biz umid qilamizki, siyosiy mahbuslarni hibsga olish amaliyoti O‘zbekiston o‘tmishida qoladi va islohotlar izchil davom ettiriladi”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq 2007-yilda sudlangan andijonlik huquq himoyachisi Isroil Xoldorov ozodlikka chiqqani xabar berilgan edi.

Яндекс.Метрика