У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

calendar 12.01.2017
904
6-yanvar kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Unda Senat rasining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va SSP raisi Alisher Shayxov ishtirok etdi.

Foto: “Gazeta.uz”
Uchrashuvda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligini yaxshilash yo‘llari, biznesning qonunchilikdagi ishtiroki, to‘qimachilik sohasidagi, qishloq xo‘jalik sektoridagi, soliq va bank tizimidagi muammolar, kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston-Xitoy Savdo uyi rahbari, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi raisi Hikmat Abdurahmonov nima uchun O‘bekistondagi kasaba uyushmalari biznesga uning muammolarini yechishda yordam bermasligi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishgan bo‘lsa, iqtisodchi Yuliy Yusupov xalqaro maydondagi raqobatbardoshlilik haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, Grand Eco Product ta’sischisi Murodxon Jo‘rayev issiqxona xo‘jaliklari sonining tadbirkorlarga bog‘liq bo‘lmagan omillar bo‘yicha qisqarishi muammosini ko‘tardi. Newmax Technologies va MyTaxi rahbari Akmal Payziyev esa O‘zbekistonda xizmatlar va elektron tijorat sohasini rivojlantirishga internet-ekvayring bilan bog‘liq qiyinchiliklar xalal berayotganini ta’kidladi.

Hukumat va biznes vakillari uchrashuvda davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni hal etishda hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi va har bir masalani kompleks tarzda ko‘rib chiqish uchun yanada ixtisoslashgan uchrashuvlarni o‘tkazishga kelishib oldi.
Яндекс.Метрика