O‘zbekistondagi qurilish tashkilotlari tashqi bozorga chiqariladi

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi joylandi. U kapital qurilishdagi ishlarning holatini yaxshilash bo‘yicha choralarni ko‘zda tutadi, deb yozadi Norma.

Prezidentning “Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Hujjatga muvofiq, loyihalash va qurilish tashkilotlariga ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi qurilish texnologiyalarini joriy etish uchun soliq va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, mahalliy loyihalash va qurilish tashkilotlarini tashqi bozorga chiqarish, loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlashni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Qonunchilikka o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish orqali qurilish sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarida ishchilarning eng ko‘p soni 50 kishidan 200 kishigacha ko‘paytiriladi.

Nashr eslatishicha, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi, qo‘shimcha qo‘shilishi yoki u rad etilishi ham mumkin.


Комментарии (0) | Добавить: 22.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Yangi kompyuter virusi Osiyoda ham tarqaldi
Janubiy Koreya “konservalangan havo” bilan savdo qiladi
Dubay politsiyasi britaniyalik sayyohga umrbod qamoq jazosi tayinladi
Shavkat Mirziyoev bir qator rahbarlarga “hayfsan” berib, ayrim viloyat hokimlarini jiddiy ogohlantirdi
Nega chivinlar ba’zi odamlarni boshqalarga nisbatan ko‘p chaqadi?
Suriyada Rossiyaning "Terminator-2" jangovar mashinasi payqaldi
Kino vaqti reklama qo'ymaslik mumkinmi? Qonunda nima deyilgan?
Eron isbotlangan gaz zaxiralari bo'yicha yetakchilik qilmoqda
Xitoy startapi 8 ming dollarlik elektromobillar sotishni boshlaydi
Nega avtosanoatimiz o'z aravasini o'zi tortolmay, hukumat yordami bilan sudralib kelmoqda?
Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi
Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti kuni bemorlar holidan xabar oldi
Xayr, maktabim! Mashhur yulduzlar maktab davrida qanday bo'lishgan?
Sankt-Peterburgda “rus Titanigi” haqida film suratga olinadi
AQSh uchinchi davlatlarga “bostirib kirishni” BMT orqali qonuniylashtirish niyatida
Durov: Telegram’ning to'sib qo'yilishi terrorchilarga muammo keltirib chiqarmaydi
Farhon va Shirin ijrosida yangi qo'shiq "Gulim Mani"
O'zbekistonda Ramazon hayiti namozi ado etildi
BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko'rinish berdi
Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin
Zarina Nizomiddinovadan yangi Fotosessiya - 2017
Uzoq masofadan o'q uzish bo'yicha rekord yangilandi
Olimlar tavsiyasi: "Yozda vitaminlar iste`molida ehtiyot bo'ling"
Samsung tarixidagi eng qimmat flagman taqdimotiga oz qoldi
Jenifer Lopez katta ekranlarga qaytmoqda
Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi
Google'da bo'sh ish o'rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi
Farg‘ona viloyatida ayol erini yog‘och bo‘lagi bilan o‘ldirib qo‘ydi
Messi «Barselona» akademiyasida to'p tepib yurgan paytlar (video)
Putin va Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi