У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistondagi yirik shaharlar aholisining 60 foizdan ortig‘i avtomobil shovqinidan aziyat chekadi

calendar 26.11.2015
1909

Bugungi kunda O‘zbekistonda har yetti kishiga bittadan avtomobil to‘g‘ri keladi. Bu haqda, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti atrof-muhit muhofazasi va ekologiya kafedrasi mudiri To‘lqin Rahimovga asoslanib, “Qashqadaryo” gazetasi ma’lum qildi.

“Demak, O‘zbekiston ko‘chalarida 4 milliondan ziyod mashina harakatlanayapti. Birgina Qashqadaryo viloyatining o‘zida esa 200 mingga yaqin avtomobil bor”, — deydi Rahimov.

Kafedra mudirining so‘zlariga ko‘ra, avtomobilning foydasi bilan teppa-teng ziyoni ham borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Masalan, avtomobillardan chiqadigan zararli tutun atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Bundan tashqari, avtomobil shovqini zararli tovushdir. O‘zbekistondagi yirik shaharlar aholisining 60 foizdan ortig‘i bugungi kunda xuddi shunday zararli shovqindan aziyat chekadi”, — deydi To‘lqin Rahimov.

Яндекс.Метрика