У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistondan Haj ibodatiga yo‘l olgan ziyoratchilarning oxirgi guruhi Madinaga yetib keldi

calendar 06.09.2016
1445

O‘zbekistondan Haj ibodatiga yo‘l olgan ziyoratchilarning oxirgi guruhi ham Toshkent—Madina yo‘nalishi bo‘ylab Madinai munavvaraga sog‘-salomat yetib keldi. Hozirda Makka va Madinada bo‘lib turgan hojilar hajning asosiy arkonlarini ado etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

“Zulhijja oyining 8-kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysiga yo‘l oladi. Mino vodiysi Makkadan 5—6 km masofada joylashgan.

9-kuni esa, hajning farzlaridan biri Arafot vodiysida hozir bo‘lib turadi. Bu yerda Hajning vojib amallaridan biri — shaytonga tosh otish bajariladi. Bu maskanda hojilar bir muddat dunyo hoyu havaslarini unutishga harakat qiladi.

O‘zbekistonlik hojilar ham Zulhijja oyining sakkizinchi tunida hajni niyat qilib, mehmonxonada ehromga kiradi. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik ziyoratchilar yana Mino vodiysiga yo‘l oladi. U yerda o‘zlariga ajratilgan chodirlarga joylashib, duo va ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladi”, — deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabarida.

Яндекс.Метрика