У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonga qanday mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin?

calendar 26.05.2016
2497

O‘zbekistonga chetdan kirib kelishda yoki bu yerga pochta yo‘llashda bojxona bilan bog‘liq tushunmovchiliklarga duch kelmaslik uchun mamlakatga bojxona to‘lovlarisiz qaysi mahsulotlarni qanday miqdorda olib kirish mumkinligini bilish maqsadga muvofiq. Shu munosabat bilan UzNews mazkur masalaga batafsilroq to‘xtaldi.

Jismoniy shaxslar olib kirganda boj undirilmaydigan tovarlarning to‘liq ro‘yxati maxsus me’yoriy hujjatda keltirilgan. Undan ma’lum bo‘lishicha, bir kishi maksimal miqdorda 2 kilogramm qahva, 5 kilogramm qandolat mahsulotlari, 2 dona soat, 10 quti tamaki mahsulotlari, 0,5 kilogramm bijuteriya olib kirishi mumkin.

Tovarlar narxi quyidagi summalarga teng miqdordan oshmasligi lozim:

– 10 AQSh dollari — qo‘shni mamlakatlar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston) hududidan olib kirilayotgan mahsulotlar;

– 1000 AQSh dollari — birinchi punktda ko‘rsatilmagan barcha davlatlardan (AQSh, Rossiya va h.k.) olib kirilayotgan mahsulotlar.

Fuqaro o‘z ehtiyojlari uchun tovarlarni belgilangan miqdordan ko‘proq hajmda olib kirganida quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:

– bojxona boji — bojsiz olib kirish me’yorlaridan oshadigan qiymatdan belgilangan stavka bo‘yicha;

– aksiz solig‘i — aksiz solig‘i to‘lamay olib kirish me’yorlaridan oshadigan qiymatdan belgilangan stavka bo‘yicha;

– qo‘shilgan qiymat solig‘i — bojsiz olib kirish me’yorlaridan oshadigan qiymatning 20 foizi miqdorida, bunga to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona boji, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarda esa aksiz solig‘i summasi ham qo‘shiladi.

O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi qonunlarga muvofiq, quyidagi tovarlarni mamlakatga olib kirish yoki mamlakatdan olib chiqish taqiqlanadi:

– giyohvand va psixotrop moddalar, prekursorlar;

– davlat va jamiyat tuzumiga putur yetkazishga yo‘naltirilgan, hududiy yaxlitlik, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetini buzadigan, urush, terror, zo‘ravonlik, shafqatsizlik, milliy o‘ziga xoslik va diniy adovat, ekstremizm, ayrimachilik, fundamentalizm, irqchilik va uning turlarini (aksilsemitizm, fashizm) targ‘ib qiladigan bosma asarlar, qo‘lyozmalar, klishe, rasmlar, fotosuratlar, fototasmalar, negativlar, kino-, video- va audiomahsulotlar, grammofon yozuvlari, ovozli materiallar, shuningdek, pornografik mundarijaga ega materiallar;

– portativ lazer yoritkichlari;

– portlovchi va pirotexnik vositalar;

– uchuvchisiz uchish qurilmalari.

Яндекс.Метрика