У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonga xorijdan qancha miqdorda alkogolli ichimlik olib kirish mumkin?

calendar 27.04.2018
1011

Xorijda ishlab chiqarilgan, ammo bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan pivo ichimliklari nafaqat ichki bozordagi raqobat muhitiga, shuningdek fuqarolar salomatligiga ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan jismoniy shaxslarga qo‘shni davlatlardan piyoda yoki avtomobilda kirib kelish chog‘ida 300 AQSh dollarigacha bo‘lgan qiymatdagi tovarlarni bojsiz olib kirishga ruxsat etildi.

Bunda ayrim tovarlar uchun esa qat’iy me’yorlar o‘rnatildi. Xususan, jismoniy shaxslar mamlakatga alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivodan 2 litrgacha olib kirishlari mumkin. Lekin, so‘nggi vaqtlarda ayrim fuqarolar tomonidan ushbu me’yorlarga rioya qilmasdan, pivo ichimliklarini O‘zbekistonga tashmachilar ko‘magida ko‘p miqdorda olib o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksi atrofida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu hududda harakatlanayotgan fuqaro L.N qiymati salkam 1,6 million so‘mlik 106 dona jami 53 litr pivo ichimliklarini olib ketayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.

Shu hududda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida fuqaro Q.Sh ham noqonuiy olib ketayotgan qiymati salkam 2,6 millin so‘mlik 4 turdagi 84 dona jami 73 litrdan ortiq pivo ichimliklariga tegishli bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.

Shu kabi qonunbuzarlardan yana biri M.X esa qiymati 2,7 million so‘mdan, hajmi 78 litrdan ortiq 3 turdagi 114 dona pivolarni olib ketayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda. Ta’kidlash joizki, 2017-yil davomida va 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 79 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati 208 million so‘mdan ortiq bo‘lgan salkam 10 ming litr spirt va alkogolli ichimliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Яндекс.Метрика