У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi turnir finaliga yo‘llanma oldi.

calendar 15.08.2016
2524

O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi turnir finaliga yo‘llanma oldi.

Buning uchun G‘iyosov avvaliga Olimpiada, keyin esa Jahon chempionini mag‘lub etdi, deb xabar berdi “Olamsport”.

Chorak finalda Shahram olimpiya o‘yinlarining oltin medallarini qo‘lga kiritgan kubalik Ronel Iglesiasni har uchala raundda ham mag‘lub etib, eng kamida bronza medali masalasini hal qilib qo‘ygandi. Yarim finalda esa u amaldagi Jahon chempioni — marokashlik Muhammadi Rabbini uchta raundda ham taslim qildi.

Shahram G‘iyosov Olimpiada—2016 oltin medallarini qo‘lga kiritish uchun 18-avgust kuni final jangida maydonga chiqadi. Unda Muhammadqodir Abdullayev va Hasanboy Do‘stmatovdan keyin O‘zbekiston delegatsiyasiga Olimpiadada oltin medal taqdim etgan uchinchi sportchiga aylanib olish imkoniyati bor.

Яндекс.Метрика