У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonlik Misha Ge figurali uchish bo‘yicha Xitoydagi turnirda 8-o‘rinni egalladi

calendar 09.11.2015
1091

Xitoy poytaxti Pekin shahrida figurali uchish bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi Cup of China xalqaro turniri o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Misha Ge qisqa dasturda 69.13 ball (9-o‘rin), erkin dasturda esa 148.04 ball (6-o‘rin) jamg‘arib, yakunda 217.17 ball bilan 8-o‘rinni band etdi.

Musobaqada g‘oliblik ispaniyalik Xavyer Fernandesga (270.55 ball) nasib etgan bo‘lsa, xitoylik sportchilar – Boyan Szin (261,23) va Xan Yan (230,33) mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Яндекс.Метрика