У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonlik sportchi Arnold Shvarsenegger nomidagi musobaqada mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi

calendar 04.03.2018
1125

O‘zbekistonlik sportchi Mixail Volinkin havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Arnold klassik-2018” musobaqasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim etdi. Mixail ushbu g‘alabasi orqali, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ichida bodibilding bo‘yicha professional karta qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ushbu musobaqa 1988-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Musobaqaning asoschisi mashhur sportchi, aktyor, Kaliforniya sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger hisoblanadi.

 

Ta’kidlab o‘tish joiz, Mixail Volinkinning ushbu g‘alabasi yosh o‘zbek sportchilari uchun haqiqiy namuna bo‘la oladi. Bolalar uyi tarbiyalanuvchisining jahon chempionligiga qadar bosib o‘tgan yo‘li ko‘ngli yarim bo‘lgan bolajonlar uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchni ortishida muhim rol o‘ynaydi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik sportchi Olesya Gureyeva musobaqaning masresling bahslarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani qayd etib o‘tilgan.

Яндекс.Метрика