У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonlik ziyoratchilar umra ibodatini ado etdi

calendar 22.02.2016
1179

O‘zbekistondan dastlabki 230 ziyoratchi Makkai Mukarrama shahridagi “Namaa Mavadda” mehmonxonasiga joylashdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Umrachilar mehmonxonalarda o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan tayyorlanayotgan o‘zbek milliy taomlari, issiq choy va yaxna ichimliklar bilan uch mahal ta’minlanmoqda.

Umra ibodatini mukammal ado etib, forig‘ bo‘lgan ziyoratchilar bo‘sh vaqtlarida tavof va ziyorat bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. Shifokorlar ziyoratchilar xizmatga hozir bo‘lib, ularning sog‘lig‘idan xabar olib turibdi.

Umra ibodatini ado qilgan umrachilar maxsus avtobuslarda Arafot vodiysi, Mino, Muzdalifa, Jabalunnur tog‘i kabi muborak maskanlarga sayohatlar uyushtirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 15-fevral kuni erta tongda Toshkent shahri va Toshkent viloyati ziyoratchilaridan iborat dastlabki guruhlar umra ibodatini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan edi.

Яндекс.Метрика