У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonliklar Haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

calendar 31.07.2018
724

Hajga borishni orzu qilib, Makkai mukarama va Madinai munavvaraga qadami yetishini diliga tugib olgan vatandoshlarimizning birinchi guruhi bugun tongda Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi.

Xabarda qayd etilishicha, Saudiyaga bir necha kun oldin yetib borgan ishchi guruhi hojilarimizni kutib olish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib qo‘ygan. Hojilarimizga hashamatli mehmonxona, eng qulay sharoitlar, iste’mollari uchun turli vaqtlarda tayyorlanadigan pokiza va lazzatli taomlar, boradigan manzillariga yetkazib qo‘yuvchi salqin avtobuslar, o‘zini rohatsiz sezib qolgudek bo‘lganlarga malakali tibbiy xizmatlar, boringki, ularning nima ehtiyoji bo‘ladigan bo‘lsa, hammasi a’lo darajada muhayyo qilingan.

O‘zbekistonlik hojilarga shunday sharoitlar muhayyo qilinganki, ular hech narsaga chalg‘imaydi, hech narsa haqida o‘ylamaydi, hech narsadan xavotirga tushmaydi, faqat ibodat qiladi, ibodatning lazzatini his qiladi. Haj amalini bu qadar qulay sharoitlarda bajarish ne-ne shavkatli zotlarning orzusi bo‘lib kelganini tasavvur qilishning o‘ziyoq bizning vatandoshlarimizning tolei qanchalik balandligiga dalolat qiladi.

«Hojilarimizni – otaxon-u onaxonlarimizni, aka-ukalarimizni, opa-singillarimizni o‘z bag‘riga joylab havoga ko‘tarilgan ulkan havo laynerining ortidan qarab, qo‘llarimizni duoga ochib ularning haqqiga duolar qilib qoldik: Yo‘llaringiz ochiq va oydin, ibodatlaringiz maqbulu manzur bo‘lsin! Hajingiz muborak, aziz yurtdoshlar!», deyiladi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabarida.

Яндекс.Метрика