У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonliklar uchun Rossiyada yashashning ruxsat etilgan muddati 90 kun deb belgilandi

calendar 31.07.2018
1150

O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaga borgan O‘zbekiston fuqarolarining muhojirlik ro‘yxatiga olinishi borasida izoh berdi.

Hozirgi vaqtda Rossiyada chet el fuqarolarini muhojirlik hisobiga olish umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Rossiya davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab muhojirlar yetti ish kunidan kechikmay davlat idoralariga kelganlik to‘g‘risida ma’lum qilishi kerak.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston fuqarolarini ro‘yxatga olish muddati Rossiya hududiga kirgandan boshlab 7 ish kunini tashkil etadi.

O‘zbekiston fuqarolarini dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish boshqa xorijliklar kabi 90 kungacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi. Ya’ni Rossiyada bo‘lishning ruxsat etilgan muddati kelgan vaqtdan boshlab 90 kunni tashkil etadi.

O‘zbekiston fuqarolari 90 kunli muddat tugashi bilan Rossiya hududini 3 oyga tark etishi yoki qolish uchun biror sabab mavjud bo‘lgan hollarda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish qaydnomasini cho‘zdirishi lozim.

2018-yil 25-maydan 25-iyulga qadar futbol bo‘yicha Jahon Chempionati o‘tkazilayotgan shaharlarda uch sutka davomida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi amal qilgan edi.

Migratsiya hisobiga olish muddatlarini buzish Rossiya hududidan chiqarib yuborish, kirishga taqiq qo‘yish hamda 2000 dan 7000 rublgacha miqdorda jarima solinishiga olib keladi.

Яндекс.Метрика