У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida havo harorati -3 darajagacha sovushi kutilmoqda

calendar 11.11.2017
1537

13-noyabrdan butun respublika bo‘ylab havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda harorat kechasi -3 darajagacha pasayishi, kunduzi esa +10 daraja iliq bo‘lishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet”ga tayanib, UzNews xabar berdi.

Barcha viloyatlarda sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati 12—13-noyabr kunlari kechasi +7…+12 daraja, 14—15-noyabr kunlari kechasi +5...+10 daraja bo‘ladi. 12-noyabr kuni kunduzi +18...+23 daraja bo‘lib, 13—15-noyabr kunlari +10...+15 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 12-noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 12—13-noyabr kunlari kechasi +2…+7 daraja, 14—15-noyabr kunlari kechasi -3...+2 daraja bo‘ladi. 12-noyabr kuni kunduzi +12...+17 daraja, 13—15-noyabr kunlari +5...+10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 14-noyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 12—13-noyabr kunlari kechasi +7...+12 daraja, 14—15-noyabr kunlari kechasi +5...+10 daraja bo‘ladi. 12-noyabr kuni kunduzi +18...+23 daraja, 13—15-noyabr kunlari +10...+15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 12—13-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 12-noyabr kuni kechasi havo harorati +8...+13 daraja, kunduzi +21...+26 daraja bo‘ladi. 13—15-noyabr kunlari +10...+15 darajagacha pasayishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi va yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati 12—14-noyabr kunlari kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi. 15-noyabr kuni kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 12—13-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 14—15-noyabr kunlari ayrim tumanlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12—14-noyabr kunlari kechasi +2...+7 daraja, 15-noyabr kuni 0...+5 daraja bo‘ladi. 12-noyabr kuni kunduzi +13...+18 daraja, 13—15-noyabr kunlari +5...+10 darajagacha pasayishi mumkin.

Яндекс.Метрика