У нас есть только
оригинальные песни

O’zbekistonning internetdagi ilk onlayn BEPUL maktabi…

calendar 19.07.2014
5366

Hozirgi kunga kelib yurtimizda ta’lim tizimida juda katta ishlar amalga oshirilgani hech birimizga sir emas albatta. Ammo internetdagi onlayn ta’lim tizimiga faqatGINA bir guruh insonlar o’z hissalarini qo’shib, O’zbekistonda hali tashkil etilmagan onlayn maktabni birgalikda tashkil etishdi. Buning ustiga bepul…(Menga ham eng yoqadigan jihati shu:-)) Shuningdek eng zo’r qulayligi dunyoning istalgan nuqtasidan turib ushbu maktabning a’zosiga aylanib o’zingizning bilim va ko’nikmalaringizni oshirishingiz mumkin. Albatta internet yordamida…Shu bilan birgalikda ushubu maktab xalqaro standartlarga asoslangan va jahon talablariga hech qanday muammosiz javob beradi. Bu REKLAMA emas, balki shaxsan o’zim shu maktabing eng tartibSIZ VA ko’p gapirishni xush ko’ruvchi a’zolaridanman)) Ushbu maqola maktab REKLAMAsi uchun emas balki yoshlarning bilim salohiyatini yanada oshirish uchun hissa qo’shishga biroz bo’lsa-da yordam berishni o’z burchim deb bilganim uchun yozishni niyat qildim(ishqilib baland parvoz bo’lib ketmayaptimi)).? ),

Xullas shaxsiy  fikrlarim orqali imkon qadar qisqa va soddagina ta’riflar bilan cheklandim…

Quyida ushbu onlayn maktabimiz haqida aniq va to’liq ma’lumot bilan aynan shu maktab ma’muriyati

 Rahbarxon Yo’ldosheva tanishtirib o’tadilar…

Maktabimiz haqida qisqa ma’lumotni pastda yozib o’taman. Batafsil ma’lumot esa saharschool.org vebsaytimiz orqali tanishib o’ting.

 "Sahar” ijtimoiy tadbirkorlik maktabi masofaviy ta’lim zamini bo’lib, ishtirokchilarga yuqori darajadagi va zamonga xos bo’lgan o’zbek tilidagi o’quv resurslarini taqdim etadi. "Sahar” maktabining asosiy maqsadi yosh va ishtiyoqli yetakchilarga ijtimoiy tadbirkorlik sirlari va boshqaruv tajribalarini o’rgatishdan iborat.  Maktab tomonidan taqdim etilayotgan kurslar xalqaro standartlar asosida yaratilgan, lekin O’zbekiston sharoitiga moslangan va O’zbekistonda erishilgan ilg’or tajribalar misollari bilan boyitilgan.

Onlayn kursda ham yuzma-yuz o‘tiladigan kurslardagi kabi o‘qituvchi yoki olib boruvchi, ishtirokchilar hamda uy vazifasi bo‘ladi. Ammo u sinfda o‘tirib lektsiya tinglashdan ko‘ra qiziqarliroq. Internetga ulangan holda istalgan joyda o‘tirib, kurs materiallarini o‘qishingiz yoki uy vazifalarini bajarishingiz mumkin. Biz kurslarimiz davomida o‘qituvchini  - instruktor deb ataymiz. Kurs instruktori va boshqa ishtirokchilar bilan haftada bir yoki ikki marta "ko‘rishasiz”, xolos.

Yetakchilik va Rahbarlik kursi

Bu kurs ijtimoiy masalalarni tushunadigan hamda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun innovatsion biznes yechimlarni taqdim eta oladigan odamlar uchun mo‘ljallangan. Biz sizga yangi g‘oya topishingizga va uning ijtimoiy ahamiyatiga e’tibor qaratishingizga yordam beramiz. Ushbu jarayonda kursimiz sizni kerakli resurs va bilimlar bilan ta’minlaydi. Siz ishning boshida har bir tadbirkor duch keladigan savollarga javob berishni o‘rganasiz hamda kursning boshqa ishtirokchilari bilan o‘z g‘oyalaringiz haqida gaplashish va fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Kursda ilk loyihangizni rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlaringizni oshirishga alohida etibor qaratiladi.

 

Loyiha tuzish va Boshqarish kursi

Ushbu kurs ishtirokchilarda ma’lum bir ijtimoiy tashabbus loyihasini samarali boshqarish ko’nikmalarini kuchaytirishga qaratilgan bo’lib, kurs qatnashchilari o’qish davomida loyiha hujjatini yaratish, monitoring qilish, loyiha byudjetini ishlab chiqish va loyihani samarali yakuniga yetkazish kabi bosqichlardan o’tadilar. Ushbu kursga nafaqat "Yetakchilik va rahbarlik asoslari” kursini muvafaqqiyatli tamomlagan ishtirokchilar, shuningdek, ma’lum bir ijtimoiy tashabbus g’oyasiga va ijtimoiy tadbirkorlik  to’g’risida boshlangich bilimga ega bo’lgan barcha xohlovchilar ariza topshirishlari mumkin.

 Yosh ijodkor - Bahodir Xikmatov...

Яндекс.Метрика