У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonning tarixiy obyektlarida Wi-Fi tarmog‘i tashkil etiladi

calendar 07.05.2015
2250
$IMAGE$

"O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy merosi hududlarida, shuningdek, jamoat uchun mo‘ljallangan hamda faol turistik obyektlarida simsiz abonent radioulanish tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Infocom.uz xabar berdi.

"O‘zbektelekom” AK Wi-Fi tarmog‘ining qulayligi shundaki, foydalanuvchilar bir karta yordamida "O‘zbektelekom” AK tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha obyektlarda Internet xizmatidan foydalana oladi. Agar abonent, masalan, kartani Xiva shahrida sotib olgan bo‘lsa, undan Termiz shahrida ham, Qarshi va Shahrisabz, shuningdek, "O‘zbektelekom” AK Wi-Fi tarmog‘i qoplash zonasining boshqa joylarida ham foydalanishi mumkin.

Hozirgi vaqtda "O‘zbektelekom” AK Wi-Fi tarmog‘i qoplash zonasi o‘zida 27 ta obyektni jamlagan:

Xorazm viloyati: "Ichan Qal’a” muzeyi, Urganch shahri aeroporti, Urganch shahri markaziy temir yo‘l vokzali;

Qashqadaryoviloyati: Qarshi shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, "Abdulaziz” madrasasi, "Al Jarroh” majmuasi, Qarshi shahar o‘lkashunoslik muzeyi, "Shahrisabz” mehmonxonasi, "Daorus-Saodat” majmuasi, "Oqsaroy” majmuasi, "Ko‘k gumbaz” majmuasi, Amir Temur muzeyi;

Surxondaryo viloyati: Termiz aeroporti va temir yo‘l vokzali, "Meridian” mehmonxonasi, "Surxon” mehmonxonasi, "At-Termiziy avliyo ota” tarixiy majmuasi;

Toshkent viloyati: "Chinaras” restorani, "Xumson” dam olish zonasi, "Archazor” dam olish zonasi, "Xo‘jakent” dam olish zonasi, "Yangiobod Chotqol Marvaridi” dam olish zonasi, "Kumushkon” dam olish zonasi, "Gornyak” NTMK dam olish zonasi, "Kichik Chimyon” dam olish zonasi, Chimyon Osma (Kanat)-suyanchiqli tabiiy chegara yo‘li.

Tarif rejalariga muvofiq Internet tarmog‘iga ulanishning eng past tezligi 4 Mbit/s ni tashkil etadi. Foydalanuvchilarga besh turdagi 4500 dan 25000 so‘mgacha nominalli, kiritilgan trafigi 150 dan 2500 Mbaytgacha hajmli kartochkalar taqdim etiladi. Internet tarmog‘i trafigi va "Tas-IX” kiritilgan trafik hajmiga kiradi. Kartochkaning faollashtirilganidan keyin amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi.

Kompaniya rejalarida Wi-Fi tarmog‘ini butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab kengaytirish belgilangan.


Яндекс.Метрика