У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbekkino” buyurtmasiga asosan “Bo‘ynoq” nomli multfilm suratga olindi

calendar 22.02.2016
1982

Cinema Servis kompaniyasi “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida davomiyligi 10 daqiqa bo‘lgan “Bo‘ynoq” nomli multfilmni suratga oldi. Bu haqda multfilmni tayyorlashda qatnashgan Abdulatif Haydarov “Daryo” nashriga ma’lum qildi.

Normurod Norqobil ssenariysi asosida rejissor Javlon Turdixo‘jayev tomonidan bir yil davomida tayyorlangan multfilm jasur va qo‘rqmas, kurashuvchan posbon it haqida hikoya qiladi.

Unda, shuningdek, bolakay — Rustam, mushuk — Baroqvoy va bo‘rilar ham ishtirok etadi. “Mazkur film bolajonlarga ziyraklik va chaqqonlik, uddaburonlik hamda dovyuraklik kabi hislatlarni anglashlarida yordam beradi”, — deydi Abdulatif Haydarov.

Multfilmni yaratishda Abdulatif Haydarov, Dilshod Do’stmuhammedov, Javlon Turdixo‘jayev, Abror Ahmadiy, Samariddin Abdunazarov, Shuhrat Asayev, Zilola Hamidova singari ijodkorlar mehnat qilgan.

Tayyor holatga kelgan multfilm ko‘rik uchun “O‘zbekkino” Milliy agentligiga topshirilgan va Badiiy kengash tasdig‘idan o‘tgan. Multfilm premyerasi yaqin kunlar ichida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida bo‘lib o‘tadi.

Яндекс.Метрика