У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbekkonsert” rahbari o‘zgardi

calendar 22.10.2017
1237

“O‘zbekkonsert” davlat muassasi rahbari Azamat Haydarov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bir-biridan mustaqil bir necha manba jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Ma’lum qilshlaricha, shu kungacha “O‘zbekkonsert” davlat muassasaning Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Azamat Haydarov 19-maydan boshlab “O‘zbekkonsert” davlat muassasi direktori vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Xabar berishlaricha, Azamat Haydarov Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi direktori vazifasini davom ettirmoqda.

Яндекс.Метрика