У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbeknavo” ayni vaqtda litsenziyasi yo‘q san’atkorlar nomini ma’lum qildi

calendar 14.11.2016
2469

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bugungi kunda litsenziyasi yo‘q san’atkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi.

— Biror mashhur san’atkorning litsenziyasi tugatilsa, bu haqda “O‘zbeknavo” saytida axborot beriladi, biroq litsenziya qaytarilgani haqida axborot berilganini deyarli kuzatmaymiz. Nega shunday?

— Litsenziya amal qilish muddati tugagani yoki boshqa sabab bilan tugatilgani haqida e’lon berishdan maqsad — ularning litsenziyasiz konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishining, turli tadbirlarga jalb qilinishining oldini olishdir. Litsenziya qaytarilgani haqidagi axborotga kelsak, bugungi kunda har qanday san’atkor bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalari orqali barchaga ma’lum qilishi mumkin.

— Hozirda “O‘zbeknavo” kimlarning litsenziyasi amal qilishini to‘xtatib qo‘ygan?

— Bugungi kunda Sitora Farmonova, Sarvar va Komil (“Benom” guruhi), Tamila va Zamirning litsenziyasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Яндекс.Метрика