У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbeknavo” Benom guruhi hamda Sitora Farmonovaning litsenziyasi nima sababdan tugatilganini ma’lum qildi

calendar 20.07.2016
2683

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov xonandalar Sarvar va Komil, shuningdek, aktrisa va xonanda Sitora Farmonovaning litsenziyalari tugatilishi sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi.

“Birinchidan, hech bir xonandaning litsenziyasi bekordan bekorga tugatilmaydi. Mazkur xonandalar xorijga chiqib, ogohlantirmasdan dam olishi mayli, belgilangan tartib-qoidalarni buzib, konsert berish darajasiga ham yetmoqda. O‘zbek san’atkorlarining chet elda konsert berishi yaxshi, ammo uning ham o‘ziga yarasha tartib-qoidalari bor. San’atkorlarimiz qayerda konsert berayotganini biz bilishimiz kerak”, — dedi “O‘zbeknavo” vakili.

“Ikkinchidan, san’atkorlarimiz chet elga borib, u yerda 200—250 kishilik zallarni ham to‘ldira olmasligi uyatli holat — ertaga kimdir ushbu holatni ham yozib chiqishi mumkin. Asosiy maqsadimiz — o‘zbek estrada san’atini ko‘tarish, dunyoga tanitish. Lekin san’atkorlarimiz chet elga beruxsat borib, 200 kishilik zalni ham to‘ldira olmay, tekinga konsert berib, sharmanda bo‘lib qaytib kelishlarini xohlamaymiz”, — dedi Odiljon Abduqahhorov.

“Bunday holatlar Sarvar va Komil hamda Sitora Farmonova tomonidan bir necha bor takrorlanmoqda. Ular ‘O‘zbeknavo’ estarada birlashmasini ogohlantirmasdan chetga elga chiqmoqda. Litsenziya bitimlarida san’atkorlarning ogohlantirmasdan xorijga chiqishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xorijga chiqish tartib-qoidalarini buzganliklari uchun ularga nisbatan ushbu tartib qo‘llanildi”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbeknavo” boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov.

Яндекс.Метрика