У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbeknavo” xonanda Tamilaga litsenziyasi qaytarilishi shartini ma’lum qildi

calendar 13.02.2016
2207

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov xonanda Tamilaga litsenziyasi qaytarib berilishi shartini ma’lum qildi. 

“Behayo videolarning tarqalishi bizni ham g‘azablantirdi”, — dedi Odil Abduqahhorov.

“Tamilaga qo‘ng‘iroq qilganimda, ikkita videoning birida o‘zi ekanini tan olgandi. Keyin ‘O‘zbeknavo’ga chaqirtirganimizda, ‘videodagi men emasman’, deb turib oldi”, — dedi “O‘zbeknavo” vakili.

“Shunda videolarni ekspertizaga topshirib, undagi qiz o‘zi emasligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etsa, litsenziyasini qaytarishimizni ma’lum qildik”, — dedi Odil Abduqahhorov.

“Tamiladan tushuntirish xati oldik. Xonandaning og‘zaki gapiga ishonmaymiz, chunki videolarning birida Tamila aks etgani shundoq ko‘rinib turibdi”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbeknavo” litsenziya bo‘limi boshlig‘i.

Яндекс.Метрика