У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbektelekom” 14-yanvarda O‘zbekiston to‘lov tizimlari vaqtincha ishlamasligini ma’lum qildi. UZCARD odatdagi tartibda ishlashini bildirdi

calendar 14.01.2017
831

O‘zbekistonda 14-yanvar, shanba kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar to‘lov tizimlari vaqtincha ishlamaydi, deya xabar bermoqda “O‘zbektelekom”.

Kompaniya axborotiga ko‘ra, to‘lov tizimlari “O‘zbekiston Markaziy banki tarmog‘ida profilaktika ishlari olib borilayotgani munosabati bilan” vaqtincha ishlamaydi.

Ayni vaqtda, UZCARD banklararo to‘lov tizimi “O‘zbektelekom” tomonidan tarqatilgan “to‘lov tizimlari vaqtincha ishlamasligi” haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Bugun, 2017-yilning 13-yanvar kuni Uzmobile kompaniyasining saytida “O‘zbekiston Markaziy banki tarmog‘idagi profilaktika ishlari munosabati bilan 2017-yil 14-yanvar kuni 9:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan oraliqda to‘lov tizimlari vaqtincha ishlamasligi” haqida axborot berildi. Shuningdek, mazkur axborot Uzmobile abonentlariga SMS-xabar ko‘rinishida yuborildi.

Shu munosabat bilan, Umumrespublika yagona protsessing markazi (UOPM) UOPM tomonidan hech qanday profilaktika ishlari rejalashtirilmayotganini rasman ma’lum qiladi. Karta egalari to‘lovlarni moneliksiz amalga oshirishlari mumkin. UZCARD to‘lov tizimi odatdagi tartibda ishlaydi.

UZCARD ma’muriyati

Яндекс.Метрика