У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbektelekom” TAS-IX tarmog‘ida tashqi trafik sarflanib ketishining ehtimoliy sabablarini aniqladi

calendar 30.01.2017
1454

TAS-IX hududida tashqi trafikning o‘z-o‘zidan sarf bo‘lib ketishi yuzasidan tushayotgan shikoyatlar ko‘paygani munosabati bilan, “O‘zbektelekom” AK ushbu muammoni har tomonlama o‘rganib chiqib, ko‘pchilik holatlarda bunga quyidagilar sabab bo‘lishini aniqladi:

  1. Ba‘zi TAS-IX saytlari TAS-IX hududida kirmaydigan, reklama xususiyatiga ega video va boshqa kontentni o‘z ichiga oladi, ushu linklarga o‘tilganda esa, tabiiyki, tashqi trafik sarflanadi.
  2. Abonentlar TAS-IX tarmog‘ida fayllarni yuklab olish uchun UTorrent dasturidan foydalanadi, unda tegishli IP-filtr bo‘lmasa, TAS-IX hududiga kirmaydigan IP-manzillardan fayllar yuklanishiga olib keladi.
  3. Abonentlar TAS-IX saytlariga joylangan, ammo TAS-IX hududiga kirmaydigan reklama linklariga o‘tadi.
  4. Ko‘plab foydalanuvchilar “UZ” domeni qisqartmasiga ega bo‘lgan har qanday sayt albatta O‘zbekiston hududida joylashadi va TAS-IX hududiga kiradi, degan xato fikrda bo‘ladi, aslida esa unday emas.
  5. Foydalanuvchining kompyuteri tashqi trafikni kompyuter egasi ruxsatisiz sarflaydigan virusli dastur bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.
  6. Ko‘pchilik dasturlar avtomatik yangilanish funksiyasiga ega, bu ham tashqi trafik sarflanishiga olib keladi.
  7. Internet xizmatidan Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha foydalanuvchi abonentlar xakerlar hujumiga uchrashi natijasida o‘z trafigi noqonuniy tarzda sarflanishi holatiga duch kelishi ham mumkin.
  8. Abonentning TAS-IX hududidagi pochta serverida ochilgan elektron pochtasiga kelgan spam ham tashqi trafikni sarflaydi.
Яндекс.Метрика