"O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda "TShTT” filiali IP/MPLS tarmog‘ini DWDM yangi transport tarmog‘i bazasida tezlikni magistral darajada 100 Gbit/soniyagacha ko‘tarib, modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdi. Yangi tarmoq Toshkent shahrining barcha tumanlarini yuqori tezlikdagi optik kanallar bilan birlashtirdi, deb xabar bermoqda kompaniya rasmiy sayti.
Mazkur loyiha ma’lumotlar uzatish magistral tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyatini o‘n martadan ortiq kengaytirdi, bu Toshkent shahri foydalanuvchilarining turli xizmatlarga ishonchli va yuqori sifatli ulanishini ta’minlaydi. Bu yuqori tezlikdagi Internet, video telefoniya, IP-TV, Telecom TV, HDTV-kanallarni tomosha qilish va boshqa shu kabi konvergent xizmatlarni taqdim etishni rivojlantirish imkonini beradi. Mazkur IPG MPLS tarmog‘i bazasida boshqa loyihalar ham amalga oshiriladi, xususan: