«O‘zbektelekom» yangi formatga o‘tdi


«O‘zbektelekom» kompaniyasi B2O (operator–hamkorlar) segmenti strategiyasini muhokama qilish uchun o‘zining top-menejerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini yig‘di. «Hamkorlikning yangi formati» mavzusidagi norasmiy uchrashuv 5 iyul kuni «GroundZero» kovorking markazida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan asosiy masalalar – ushbu hamkorlikda shaffoflik va tezkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, internet-kanallar va IP-transport narxlarini optimallashtirish bo‘ldi.

«O‘zbektelekom» AK bosh direktori Farhod Ro‘ziyev kompaniya tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va alohida B2O rahbariyatini tuzish haqida gapirdi, shu o‘rinda B2O segmenti hamkorlar bilan aloqa masalalarini qisqa muddatlarda hal qiluvchi o‘z mutaxassislariga ega bo‘ladi.

2018-yil oxirigacha internet-kanal narxlarini pasaytirish va mavjud sig‘imlarni operativ oshirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, «minimum» dasturidagi vazifalarga kanallarni ijaraga berish tariflarini pasaytirish bo‘yicha narxnomalarni qayta ko‘rib chiqish kiritilgan.

Operatorlar va provayderlar uchun keng polosali ulanishni rivojlantirish bo‘yicha franchayzing sheriklik modeli taklif etiladi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, tariflar qayta ko‘rib chiqiladi va «O‘zbektelekom» AK infratuzilmasi ijarasi bo‘yicha yagona hujjat ishlab chiqiladi. Keng polosali internet-portlarni ijaraga berish siyosati ham to‘liq qayta ko‘riladi.

Provayderlar va telekommunikatsiya operatorlari «O‘zbektelekom» AK bilan samarali hamkorlikning yangi formatiga o‘tilganini quvonarli holat sifatida baholashdi.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!