У нас есть только
оригинальные песни

O'ZGACHA MAVZU.(o'qigan vaqtizga achinmaysiz).

calendar 14.06.2011
8693
Assalomu alaykum hurmatli saytdoshlar. Garchan siz bilan tanish bo'lmasam ham siz bilan men yozgan maqolalarimga yozgan izohiz orqali g'oyibona tanishmiz. Hamma saytdoshlarni o'z oila a'zolarimdek ko'raman hammangizni hurmat qilaman. Shu sababli siz bilan topganimi baham ko'rgim keladi. Bilasizmi hayotda hikmat ko'p. Bu gal etiboringizga havola etmoqchi bo'lgan mavzuyim o'zgacha men hayotda amal qiladigan hayotiy hikmatli so'zlar toplaminidur.O'ylaymanki bu hikmatli so'zlardan o'zingizga kerakli hulosa chiqarasiz. Va o'qigani ketgan vaqtizga achinmaysiz. Marhamat.......
HIKMATLI SO'ZLAR.

Sevgi o'lmaydi balki vaqtincha unitiladi yoki vos kechiladi......

Agar odamlar seni sevgingdan aziyat chekishini hohlamasang. Faqat Ollohni sev........

Muhabbat odamlarga ishonish uchun emas qalbdan his etish uchun berilgan. Chunki sevgi har doim ham ishonchni oqlamaydi. Va muhabbat chidaganda chiqarilgan...........

Sevasanmi qo'rqma. Qo'rqasanmi unda sevma........

Kimnidur sevmoq bu o'zini unutmoqlikdur...........

Sevgi bu bahor kabi o'tkinchi ,odamlar kabi yolg'onchi oliy tuyg'udur..........

Sevgining ko'zi ko'r, sog'inchning tami sho'r...........

Hayot bu eng dona muallim undan olgin doim ta'lim. Shunda senga kerakmas boshqa muallim....

Vaqt bu dardlarni davolovchi yagona va mahoratli shifokordur........

Insondi qo'li qanchalik uzun bo'lmasin baribir qarichi kalta. Dunyoni esa har kim o'z qarichi bilan o'lchaydi......

Achchiq so'z bu- haqiqat yoki tuhmat.........

Shirin so'z bu- yolg'on yoki mehrdur( zamonaviy tilda aytganda pahta qo'yish degani).....

Agar sen taqdirga tan bersang taqdir seni qo'llaringdan tutib olib ketadi. Agar sem taqdirga tan bermasang taqdir qo'llaringdan ushab sudrab olib ketadi. Shunday ekan do'stim taqdirga tan bergan yutadi.......

Aybini tan olish bilan inson yanada yuksaladi.......

Aqlli odamlargina qilgan hatolaridan saboq chiqarib boshqa hato qilmaydi.Nodon esa qilgan hatosidan pushaymon bo'ladiyu yana hato qiladi........

Ahmoq odamga aqlli gap aytishni o'zi ahmoqlikdur........

Gapirganda gapingiz sukutdan yaxshi bo'lsin........

Agar kimnidur aybini bilmoqchi bo'lsang uni dushmaniga maqta.......

Aslida do'st ham dushmanning bir turi. Chunki qo'lidadur ko'nglingiz siri........

Menga do'sting kimligini ayt.Men senga kimligingni aytaman........

Hammaga do'st bo'lgan inson hech kimga do'st bo'la olmaydi. Chunki insondi haqiqiy do'sti bitta bo'ladi. Qolganlari shunchaki tanish,ulfat,oshna yoki nomigagina do'st bo'ladi........

Bugun kulmadingmi? demak sen bugun yashamabsan. Faqat bir kunga qaribsan......

Tug'ulish bu o'lim sari qo'yilgam ilk qadamdur..........

Tug'ulish o'lish,topish,yo'qotish bu hayotning achchiq qonunidur..........

Bugundi ertaga topib bo'lmaydi. Soniyalar orqaga qaytmaydi.........

Hammamiz bir kun o'lamiz albat. Chunki bu dunyo abadiy emas.........

Aqlli odam olovni isinish uchun yoqadi. Ahmoq esa olovni o't qo'yish uchun yoqadi.........

Agar jahling chiqsa doim sabringni ro'boro qil.........

Bahtni his eta bilganlar eng bahtlidurlar.
Boruka shukur qilganlar eng iymonlidurlar.......

Baht va omad o'z o'zidan kelmaydi. Baht va omadni har kim o'z qo'li bilan yaratadi. Lekin birovni bahtsizligi evaziga emas........

Loyni bosib o'tkani poyafzali bo'lmagan insonlar. Oyog'i boriga ming bora shukr qilsinlar.........

Hayot bu hikmatdur. Hayotda hikmat ko'p........

Bu dunyoda to'kis baht bo'lmaydi. Chunki bu dunyo bir kam dunyo.........

Senga yaxshilik qilganlarni unutma. Sen qilgan yaxshiligingni unut........

Pulga qilingan yaxshilik poraho'rlikdur......

Yashash yaxshi joning shirina ho'sh unda nega pashani o'ldirasan a?(hazil)......

Fazilatsiz chiroy hidsiz gul kabidur.......

Inson go'zal bo'lib emas eng avvalo bahtli bo'lib tug'ulsin ekan.....

Dunyoga yig'lab kelib,yig'lab ketamiz....

Mehmonmi yoqtirmaganlar shuni unitmasinlar ular ham bu dunyoda mehmondurlar....

Bu jonimiz ollohning omonati. Qachon omonatini topshirishni hech kim bilmaydi....

Muhabbat va o'lim kutilmagandur mehmondur. Hohlagan paytida keladi. Shuning uchun inson doim shu ikki narsani munosib kutib olishga tayyor bo'lishi kerak.....

Odam bo'lish oson inson bo'lish esa qiyin....

Bu dunyoda senga tegishli va senda bu dunyoda qoladigan narsa bu seni savoblaring. U dunyodaga ham faqat savoblaring sen bilan ketadi.....

Vatang seni qalbingdur. Vatanga hiyonat qilma...

G'alaba yo'lida tortilgan azob muqaddasdur.....

Hayotda erishgan yutuqdan maqtanish har bir esi pastni qo'lidan keladi. Agar maqtanmoqchi bo'lsang hayotda qiyinchilikni yenga olishing bilan maqtan. Chunki qiyinchilikni yengiz insondan donolikni talab etadi.....

Qadrli saytdoshlarim sizga ilingan hijmatim shular edi. Agar sizda ham hayotda amal qiladigon hikmatli iboralaringiz bo'lsa izoh orqali biz bilan baham ko'ring. Fikr mulohazalarizni izoh orqali kutib qolaman. Mehr muhabbat va hurmat bilan ......
miranda_89 (barno)..
Яндекс.Метрика