У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zgarish uchun dushanbani kutish shart emas”. Aktrisa Nargiza Salmonova qizlarga “qumsoatga aylanish” yo‘lini o‘rgatdi

calendar 30.01.2017
3095

Aktrisa Nargiza Salmonova qizlarga “qumsoatga aylanish”, yigitlarga esa kirillcha “F” harfi ko‘rinishini olish yo‘llarini o‘rgatdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Aktrisa bu posti bilan jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishni tavsiya qilmoqchi bo‘lgan.

Nargiza Salmonova: Sport bilan shug‘ullanishni misol tariqasida “kasallik”ka o‘xshatsak, natijaga erishganing sayin sportga bo‘lgan ishtiyoq oshib borib, kechagi ko‘rsatkichlar kamdek tuyulaveradi. Yana o‘z ustingizda ko‘proq ishlash shunchaki xohish emas, balki kuchli maqsadga aylanadi. Haftada uch marta emas, to‘rt marta, bir oyda 16 marta mashg‘ulotlarga borib, shug‘ullanadigan bo‘lsak, bir yilda 192 marta mashg‘ulotlarga qatnagan bo‘lamiz. Qarabsizki, qizlar — “qumsoat”ning o‘zginasi, yigitlar esa bamisoli kirillcha “F” harfi!

Яндекс.Метрика