У нас есть только
оригинальные песни

O‘ziga ishonmaslik qanday paydo bo‘ladi va uni qanday yengish mumkin?

calendar 16.01.2018
1631

O‘ziga ishonmaslik qanday paydo bo‘ladi? Buning sabablari o‘tmishda boshdan kechirilgan muvaffaqiyatsizlik yoki bolalik xotiralari bo‘lishi mumkin.

O‘tmishdagi xatolar

Ular o‘zimizga bo‘lgan munosabatimizni butunlay o‘zgartiradi, ayniqsa agar biron bir jiddiy voqea sodir bo‘lgan bo‘lsa. Masalan, munosabatlarning jiddiy buzilishi yoki ishdan bo‘shash. Lekin o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Eski xatolarga taqalib qolmang, aksincha ulardan xulosa chiqaring.

Tarbiya

Agar ota-onangiz har doim sizdan norozi bo‘lgan va o‘qituvchilar esa faqat baholaringizni muhokama qilgan bo‘lsa, siz bolalikdan o‘zingizga ishonmaslik odatiga o‘rgangan bo‘lishingiz mumkin. Lekin endi siz katta odam bo‘ldingiz va bu faqat sizning hayotingiz. Endi siz ota-onalar va o‘qituvchilarning ma’qullashiga intilishingiz kerak emas.

O‘zini boshqalar bilan taqqoslash

O‘zimizni bizdan ko‘ra muvaffaqiyatliroq bo‘lgan hamkasblarimiz bilan taqqoslaymiz. Natijada umidsizlikka tushamiz va o‘zimizdan jahlimiz chiqadi. Muammoning yechimi juda oddiy — o‘zingizni qadrlashga o‘rganing.

Boshqa tomondan olib qaralganda, ba’zan o‘zini boshqalar bilan taqqoslash foydali. Qanday fazilatlar sizga yetishmasligini bilib oling va ularni rivojlantiring.

Notanish vaziyat

Bu vaziyatda siz qanday javob qaytarishni va undan nimani kutishni bilmaysiz. Tabiiyki, o‘ziga ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Bundan siz biron bir yangi narsani o‘rganish imkoniyati sifatida foydalaning. O‘zingizga, xato qilish — bu normal holat ekanligini eslatib turing. Xatolar tufayli biz o‘rganamiz.

O‘tmishdagi muvaffaqiyat

Uning ta’sirida sizda boshqa hech qachon undan ko‘ra yaxshiroq narsa qila olmaslikdan qo‘rqish hissi paydo bo‘ladi. Bu muvaffaqiyatni qanday takrorlash haqida o‘ylamang. Qanday qilib o‘zingizdan o‘tib ketishni o‘ylang. O‘zingizning kuchli tomonlaringizni rivojlantiring.

Яндекс.Метрика