У нас есть только
оригинальные песни

O‘ziga kelayotgan “Yunayted” va Bobbi Charltondan o‘zib ketish arafasidagi Ueyn Runi

calendar 08.01.2017
1054

Angliya kubogining 1/16 finaliga yo‘l olish uchun “Manchester Yunayted” klubi “Riding” bilan to‘qnash keldi va raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.

Uchrashuvda hisob Angliya milliy terma jamoasi sardori Ueyn Runi tomonidan ochildi. Bu uning “Manchester Yunayted” uchun urgan 249-goli bo‘ldi.

Faxrlanishga arzigulik holat. Ayniqsa sen “Manchester Yunayted” kabi klubda bunga erishsang.

Hozir nimalar bo‘layotganini anglolmayapman. Klub hayotimda muhim o‘rin tutadi. Endi esa Ser Bobbi Charlton bilan yonma-yon turishim — baxtning o‘zginasidir.

Oldimizda ikki uy uchrashuvi bor. Navbatdagi qadamni shulardan birida qo‘yishga harakat qilaman.

31 yoshni qarshi olgan Runi “qizil iblislar” safida 2004-yilgi mavsumdan buyon harakat qiladi. O‘tgan davr mobaynida “Everton” klubida faoliyatini boshlagan hujumchi “Yunayted” uchun 547 ta o‘yin o‘tkazib ulgurdi. Bu esa unga jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish uchun yetarli bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Runiga yaqqol rekord sari yana 1 ta gol kerak. “MYu” safida 1954—1973-yilgi mavsumlarda to‘p surgan afsonaviy Bobbi Charlton ham Runi kabi 249 ta gol urgan. Buning uchun Charltonga 759 ta o‘yin kerak bo‘lgandi.

Ser Bobbi Charltonning bu xizmatlari unutilmagan. Mashhur “Old Trafford” stadionining janubiy sektoriga aynan uning nomi berilgan. Shimoliy sektor esa Ser Aleks Fergyuson nomi bilan yuritiladi. Hozirda g‘arb va sharq sektorlari nomsiz, vaqti kelib ulardan biri Ueyn Runi nomini olsa ajab emas.

Яндекс.Метрика