У нас есть только
оригинальные песни

O‘zining bankrotligi haqida e’lon qilgan reper 50 Cent dollar taxlamlari bilan fotosessiya uyushtirdi

calendar 15.10.2015
3446

O‘zining bankrot bo‘lganini e’lon qilgan reper 50 Cent 14-oktabr kuni Instagram’dagi sahifasida ko‘p miqdordagi naqd pul bilan birga tushgan suratlari va videolarini e’lon qildi.
50 Cent o‘z karavotida yirik kupyuralar bilan birga uxladi, kulguli sahna ko‘rinishini ijro etdi va yuz dollarlik pul taxlamlaridan "singan” (broke) deb "yozdi”. Shuningdek, u o‘z obunachilariga kechasi bilan uxlamagani va yangi qo‘shiqni omma e’tiboriga tayyorlayotganini ma’lum qildi. 50 Cent iyul oyining o‘rtalarida, sobiq qaylig‘i Rika Rossa Lastoniya Levinstonga qarshi sud ishida 5 million dollar yutqazganidan uch kun o‘tib o‘zining bankrotligini e’lon qilgandi — Rika Rossa xonandani o‘zining ruxsatisiz Rika Rossa tasvirlangan behayo videoni internetga chiqarib yuborgani uchun sudga bergandi.
O‘sha oyning oxirida esa reper Manxetten oliy sudida ko‘rsatma berib, o‘zining badavlatligi haddan tashqari oshirib ko‘rsatilgani, qimmatbaho buyumlar va avtomobillarni do‘konlarga qaytarib berishga majbur bo‘lganini tan olgandi.


Яндекс.Метрика