У нас есть только
оригинальные песни

O'ZLIGINI UNUTGAN TELEKANALLARIMIZ!!! (exsklyuviv tanqit)

calendar 08.09.2011
7058


Bugungi texnika taraqqiy etagan davrda albatta televidinyalarda xam rivojlanish bor. Nodavlat va milliy kanallar ko'paygan. Lekin ana shu ko'p telekanallar biz teletomashabinlarga nima beryapti? Ha topdiz faqat Kareya va Turk seriallaridan boshqa hech narsa. Ishonmasez isbotleyman televizoringizni ''Yoshlar telekaniga'' qo'ying u telekanalda ''Osiyo'' turk seriali va bir g'alatiroq ''Qaxvaxona'' degan Kareya serial bo'lyapti. Eng qizig'i o'sha ''Qaxvaxona'' seriali judayam bachkana umuman kulgulimas yana komediya emish. Endi o'sha ''Qaxvoxona'' serialida bosh rolda o'ynagan qizni gapiga e'tibor bering '' agar yovvoyi mushuk topib kelmasam yalang'och rasmga tushib beraman ''deydi. Bu nimasi xurmatli ''Yoshlar teleradio kompyanisini'' muxarrirlari nima bizga shunaqa serialni mos ko'rdilarmi. Turk seriallari tog'ri yaxshiyu faqat oila atrofida mazza qilib ko'ramisan tog'risi bazi joylarida ko'zingni yumib ko'rishga tog'ri keladi. Keyin NNTga telekanila oldim o'zimizni kino bormikin deb yo'q u yerda xam. Turk va Kareya kinosi u yerda''Lamiya'' turkcha serial bilan'' Muxabbat istiroblari'' degan Kareya seriali bo'lyapti. Nima balo xamma telekanallar kelishib olganmi Turk va Kareya filmlariga deb. Milliy telekanalimizga qo'ysam ne ko'z bn ko'rayki o'zbekiston milliytelekanilida xam shu axvol Turk va Kareya seriallari qo'yilyapti. Tasavvur qilyapsizmi milliy telekanalimizda Turk Kareya seriallarini qo'yilyapti. Xo'sh unda o'zimizi milliy serial kinolarni qayerda qo'yiladi xatto milliy telekanalimizda turk va kareyis seriallari joy egallavogan bo'lsa. Tog'ri tan olaman Kareyani tarixiy shaxslari xaqidagi seriallari juda yaxshi, keng mashtabli, original filmlar. Faqat bu seriallar juda ko'payib ketdi. Ko'chaga chiqsangiz xam yosh bollar jumong jumong, jangogo o'ynashib yashasin Sila, Gogiryo, Tegje deb baqirib yuradiyu. O'z tariximizni Amir Temurlarni tanimidi xatto. Kareya seriallari juda ko'p qo'yilyotgani uchun ularni tarixini tanidi taqlit qiladida. Axir bizi qanchadan qancha buyuk ajdodlarimiz tariximiz borku. Masalan, To'maris, Amur Temur, Jalolidin Mangu Berdi, Ulug'bek va Temuriylar sulolasi sanasam judayam ko'p nimaga bizda shuncha buyuk ajdodlarimiz bo'la turib, shunaqa tarixiy seriallar olinmayapti? Chunki bizi rejissyorlar faqat cho'ntagini o'ylab faqat tijoriy va bir tiyinga qimmat komedik filmlar olishyapti haftasiga yangi 3 ta film chiqyaptiyu . Davlat filmlar kam u xam yetmagandey bazi davlat filmlari ajratilgan budjetdan xam urib qolyatgan rejisyorlar xam yo'q emas. Qani bormi ichilarda faqat cho'ntagini emas, san'atini xam o'ylaydigan mard rejissyor bormi qani? Biz xam o'zbek tarixiy shaxslarini ko'reylik milliy kinolarda. Bizga xam shunaqa keng mashtabli xaqiqiy seriallar yaratib berishilarni talab qilamiz. O'zligimizni ko'rish vaqti keldi. Televidinya xodimlari aytishi mumkun Kareya va Turk kinolarini muxlislar talab qigandan keyin qo'yamizda deb. Xa endi bizi rejissyorlarimiz faqat cho'ntagini o'ylagandan keyin ko'radida chet el kinoyu seriallarini. Keyin chet el kinolarini talab qiladi diyish notog'ri. Masalan o'zimizi Shaytanat, Charxpalak, Qaytar Dunyo, Tutash Taqdirlar, Jiyda Guli va boshqa milliy seriallarimizi juda yaxshi ko'rib ko'rishdiku endi bu gapimga nima diysizlar yana baxonalar bormi? Bunaqa xadeb Kareslarni koraversak o'zligimiz qayerda qoladi, bizni milliy serialimizni kim ko'radi? Boshqa davlatlarda ko'radimi? 


 TV larimizdagi ko'rsatuvlarimizi umuman gapirmasam xam bo'ladi yarmidan ko'p ko'rsatuvlar rossiya va xorij telekanallarini o'zbekcha varianti yani kopirovkada ko'rsatuvlar xam. Eng kulgulisi yana ''Yoshlar telekanali'' nuqul xammayoq guluston deyishdan boshqaga o'tmiydida. Extimol men juda bir norozi shukr shu telekanallarimiz borligiga demiydigan nodondurman. Lekin xamma shunaqa jim, xamma yo'q guliston deb tursa muamolarni kim xal qiladi? Axir kimdur xaqiqatga tik boqib muammoni xech bo'lmasa xal qila olmasa xam aytishi kerakmi. Kechirasizu xamma yo'q guliston degan bilan muamo xal bo'miydi to'g'rimi? Mayli men tanqitchi noshukr inson bo'larman. Extimol yozganim bilan bu gaplarimi hich kim e'tiborga olmas bu gaplarim bilan muammo xal bo'lib qolmasligini bilaman o'zim xam. Lekin men shu dolzarb mavzuni olib chiqishni o'z burchim deb bildim. Ishoning men tanqit qimadim faqat oddiy tomoshabin sifatida ko'rganlarimni yozdim. Xo'sh sizchi xurmatli saytdoshlar bugungi to'rtinchi xokimyatimiz yani o'zimizni milliy va xususiy telekanallarimiz xaqida qanday fikrdasiz? Fikr muloxazalarizi izoxlarizda kutaman... 

 miranda_89 (Barno)
Яндекс.Метрика