У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zstandart” agentligi mansabdori poraxo‘rligi uchun jazolandi

calendar 13.04.2015
1619

"O‘zstandart” agentligi tizimidagi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish instituti rahbari poraxo‘rlikda va xizmat vazifasini suiiste’mol qilishda ayblandi.

Toshkent shahar prokuraturasi vakili Husan Husanov aytishicha, ushbu lavozimga 2009-yil mayida tayinlangan mansabdor o‘z qo‘li ostidagilardan pora olgan, shuningdek ilmiy loyihalar uchun ajratilgan yirik miqdordagi davlat grantlarini o‘zlashtirgan.

"U ilmiy loyihalarga ajratilgan 19 million 395 ming so‘m davlat grantini sarflab yuborgan. Bundan tashqari, benzin cheklangan miqdordan oshiq miqdorda hisobdan chiqarib tashlangan va buning oqibatida 12 million 215 ming so‘m moddiy ziyon keltirilgan”, — dedi Husanov.

Sud Institut rahbarini 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.


Яндекс.Метрика