У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zstandart”ga Aktam Hayitov bosh direktor etib tayinlandi

calendar 16.10.2016
1277

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va settifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart”) bosh direktori etib Aktam Hayitov tayinlandi, deya xabar bermoqda“Gazeta.uz” hukumatdagi manbalariga tayanib.

Aktam Hayitov (1974-yilda tug‘ilgan) — Samarqand kooperativ instituti bitiruvchisi. 2010-yil martidan 2014-yil iyuligacha O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri bo‘lib ishlagan, so‘ng — 2014-yil sentabridan “Biokimyo” aksiyadorlik jamiyatida iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktor bo‘lgan.

“O‘zstandart” rahbari lavozimida u 2012-yil iyunidan buyon ishlab kelayotgan Abdusalom Qurbonov o‘rnini egalladi.

Яндекс.Метрика