У нас есть только
оригинальные песни

OAV: Messi Argentina termasiga qaytishga qaror qildi

calendar 12.08.2016
1203

Barselona” hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytishga qaror qildi. Bu haqda, Mundo Deportivo nashriga tayanib, “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.

Aytilishicha, Messi milliy termaning yangi bosh murabbiyi Edgardo Bausa bilan suhbatlashganidan so‘ng shunday qarorga kelgan. 29 yoshli futbolchi yaqinda Urugvay va Venesuelaga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Futbolchining qaytishi haqidagi rasmiy bayonot tez kunlarda beriladi.

Shu tariqa, Messi Rossiyada 2018-yilda o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.

2016-yilgi Amerika Kubogi finalida Argentina Chilidan mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Messi terma jamoa tarkibidagi chiqishlarini yakunlaganini ma’lum qilgan edi.

Яндекс.Метрика