У нас есть только
оригинальные песни

OAV: “PSJ” Ronaldu va Neymar uchun 300 mln yevro taklif qilishga tayyor

calendar 05.05.2016
960

Fransiyaning “PSJ” jamoasi rahbariyati “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” hujumchisi Neymarni sotib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar Ronaldu va Neymar uchun qariyb 300 million yevro taklif qilishga tayyor ekanini bildirdi. “PSJ” ushbu yo‘l orqali joriy mavsum yakunida Parijni tark etadigan Zlatan Ibragimovichga o‘rinbosar topish emas, shunchaki jamoada ikkita yuqori darajadagi hujumchiga ega bo‘lmoqchi. “PSJ” Neymar uchun 193 million, Ronaldu uchun taxminan 100 million yevro sarflashga tayyor.

Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchi yiliga 25 million yevro maosh olsa, “PSJ”ga o‘tishga rozilik beradi.

Яндекс.Метрика