У нас есть только
оригинальные песни

OAV: Suriya qiruvchi samolyoti uchuvchisi jangarilarga asir tushdi

calendar 23.04.2016
839

22-aprel, juma kuni Damashq yaqinida qulab tushgan Suriya qiruvchi samolyotining uchuvchisi IShID terrorchilik guruhi jangarilari qo‘liga tushdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” arab OAVlariga tayanib.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi katapulta qilib, samolyot qulagan joy yaqiniga qo‘ngach, asirga olingan.

Suriya Qurolli kuchlaridagi manbasiga tayanib, “Interfaks” yozishicha, Damashq yaqinida qulagan MiG-23 qiruvchisi Suriya harbiy-havo kuchlariga tegishli bo‘lgan.

“Samolyot endigina ta’mirdan chiqib, rejali parvozni amalga oshirayotgan edi. Yerdan zarba berilmagan. U texnik nosozlik tufayli qulagan. Uchuvchi katapulta qilgan”, — dedi manba. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokatga dvigatelning yonib ketishi sabab bo‘lgan.

Nashr eslatishicha, 22-aprel kuni G‘arb OAVlari harbiy samolyot IShID nazorati ostidagi hudud ustidan uchib o‘tgach, Damashq aeroportidan janubi-g‘arbda halokatga uchraganini ma’lum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Яндекс.Метрика