У нас есть только
оригинальные песни

OAV: Xitoyda 30 mln kishi g‘orlarda yashamoqda

calendar 13.08.2016
1716

Xitoyda 30 milliondan ortiq odam boshpana topish maqsadida g‘orlarda istiqomat qilmoqda. Bu haqda “ABCFact.ru” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, g‘orlardagi hayot tasavvur qilinadiganidan ko‘ra ancha qulay. Shensi provinsiyasida joylashgan lyoss platolari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. U yerda sarg‘ish yumshoq tog‘ jinslaridan iborat qoyalar odamlarga boshpana bo‘lib xizmat qiladi. Ularning ko‘pchiligi g‘orlarini g‘isht bilan mustahkamlagan.

Ayrimlar bir qancha g‘orlarni birlashtirib, ancha katta yashash maydoniga ega bo‘lgan. Ba’zi g‘orlarda esa hatto suv va elektr ta’minoti mavjud.

G‘orlar qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi. Bundan tashqari, ular ekologik toza yashash makoni hisoblanadi.

Shu jihatlari tufayli uy-joy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchilar uchun g‘orlar yaxshi investitsion imkoniyatlar ochib beradi, deyiladi xabarda. Masalan, 70 kvadrat metrlik g‘or 50 ming dollar turadi.

Яндекс.Метрика