У нас есть только
оригинальные песни

OAV: Yeron prezidenti stoldan vino olib tashlanmagani uchun Frantsiya prezidenti bilan tushlik qilishdan bosh tortdi

calendar 29.01.2016
1218

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy stoldan vino olib tashlanishi va taqvoli go'sht berish iltimosi rad yetilgani uchun Frantsiya prezidenti Fransua Olland bilan birgalikda tushlik qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Telegraph nashri.

Frantsiya vakillari Yeron delegatsiyasiga ikki davlat yetakchisini nonushta vaqtida uchrashishini taklif qildi, biroq Yeron bunday formatdagi uchrashuvdan bosh tortdi va bu taklifni “juda xashaki” deb atadi.

Eron delegatsiyasi Parijda ikkinchi kun rasmiy safar bilan bo'lmoqda.

Ruhoniyning Frantsiyaga tashrifiga tayyorgarlik vaqtida ham ikki davlat yetakchilari uchrashuvi tashkilotchilari vino va gazaklar borasida kelisha olmayotganlari ma'lum qilingandi.

Яндекс.Метрика