У нас есть только
оригинальные песни

OAVda Putin qozog'istonlik sportchi ayol bilan ishqiy munosabatdaligi aytildi

calendar 02.09.2015
3261

Bir qator xorijiy OAVda aytilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugungi kunda qozog'istonlik sportchi ayol, boks bo'yicha jahon chempioni Natalya "Kuvalda” Ragozina bilan uchrashib yuribdi.

Shuningdek, blogerlar va jurnalistlar Putinning ilgarigi ma'shuqasi deb taxmin qilingan asli o'zbekistonlik gimnastika ustasi Alina Kabaevaning ko'pdan buyon jamoatchilik qarshisida paydo bo'lmaganiga e'tibor qaratishmoqda.
AQShning The Daily Beast nashrida yozilishicha, Kremlning rasmiy sayti Sochida bo'lib o'tgan professional sambo bo'yicha turnirdan fotosuratlar chop etgan bo'lib, ulardan birida 39 yoshli Ragozinaning Rossiya etakchisi bilan birga o'tirgani qayd qilingan. Aynan shu rasm Runetda mishmishlarning tarqalishiga sabab bo'lgan.

Bundan tashqari, blogerlar 2011 yilil Moskvadagi "Olimpiyskiy” sport kompleksida Fyodor Еmelyanenko va Jeff Mons o'rtasida bo'lib o'tgan jang chog'ida ham bu juftlik birgalikda o'tirganini aniqlashdi. O'tgan yili esa Ragozina Sochidagi xokkey uchrashuvlaridan birida Putinning jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

Яндекс.Метрика