У нас есть только
оригинальные песни

OAVda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo'yiladi

calendar 29.07.2017
997

Endilikda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo'yiladi. Ya`ni, ma`lum bir axborotlar televideniye, internet nashrlar va boshqa axborot kanallari orqali “0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+” yozuvlari bilan tarqatiladi. Bu barcha ota-onalar uchun yana bir karra o'z farzandlari sog'lig'ini muhofaza qilish borasida qo'shimcha mas`uliyat yuklaydi, deb xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Facebook'dagi sahifasida.

Ma`lum qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Bolalar sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to'g'risida»gi Qonun loyihasi ko'rib chiqilmoqda. Qonun loyihasi bolalar sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish va ularning takliflarini olish maqsadida joylarda o'tkazayotgan muloqotlarda fuqarolar o'zlarining ko'plab takliflarini bildirishgan.

Яндекс.Метрика