AQSh prezidenti Barak Obama Tokiodan WikiLeaks saytida e'lon qilingan Amerika maxsus xizmatlarining yapon amaldorlari ortidan josuslik qilgani haqidagi ma'lumot tufayli uzr so'radi.
"Prezident Obama mazkur ish Yaponiyada katta muhokamalarga sabab bo'lganidan afsusda ekanini aytdi”, — deya qayd etdi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe.
Obama Sindzo Abe bilan bo'lib o'tgan telefon suhbati chog'ida o'z uzrini bildirgan. Shu bilan birga, ikki mamlakat vakillari kotirovkalarning tushib ketishi bilan bog'liq ravishda davlatlar o'rtasidagi moliyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.
Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan bo'lib o'tgan telefon suhbatida Abe uni yapon hukumatining Amerika maxsus xizmatlari tomonidan kuzatilgani haqida Wikileaks saytida e'lon qilingan ma'lumotlar yuzasidan tekshiruv olib borishga chaqirgan edi.