У нас есть только
оригинальные песни

Obama AQSh prezidenti lavozimiga rafiqasining nomzodi ilgari surilishi mumkinligini rad etdi

calendar 30.11.2016
1008

AQSh prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel o‘z nomzodini davlat rahbari lavozimiga ilgari surmasligiga ishonchi komil ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“Mishel hech qachon prezidentlik uchun nomzodini ilgari surmaydi”, — dedi Obama Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida.

Shu bilan birga u rafiqasi amerikaliklar uchun fikri muhim bo‘lgan iste’dodli inson ekanligini qo‘shimcha qildi.

“Hazillashib shunday deyishim mumkin, u siyosat bilan shug‘ullanishni istash darajasidan ancha aqlli”, — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hozirgi birinchi xonimni mamlakat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘yishga faol unday boshladi.

Gallup markazining oxirgi tadqiqoti natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 80 foizga yaqini Mishel Obamaning faoliyatini ijobiy baholaydi.

Яндекс.Метрика