У нас есть только
оригинальные песни

Obama AQSh qurolli kuchlari rahbarini o'zgartirmoqchi

calendar 08.01.2016
1277

AQSh prezidenti Barak Obama AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo'mondonligi rahbari, Yaqin Sharqdagi harakatlarga bevosita mas'ul general Lloyd Ostinni iste'foga chiqarmoqchi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bergan.

General Ostinning o'rniga general Jozef Votel tayinlanishi aytilmoqda.

Votel – Iroq va Afg'onistondagi harbiy harakatlar ishtirokchisi bo'lgan. Uning nomzodi prezident tomonidan rasmiy ravishda taklif etilgandan so'ng, AQSh Kongressi nomzodni tasdiqlaydi.

General Ostinning o'tgan yilning yozida Kongress eshituvidagi ishtiroki katta mojarolarga sabab bo'lgan edi. O'shanda general Suriyadagi harbiy harakatlarda AQSh harbiy instruktorlari tayyorlagan muxolifatdagi jangarilardan faqat 4-5 nafarigina terrorchilar bilan jangda kurashayotganini ta'kidlagan va bu ma'lumot kongressmenlar va jamoatchilikning Oq uy hamda AQSh ma'muriyatiga Yaqin Sharqdagi faoliyatining tanqid ostida qolishiga olib kelgan edi.

Яндекс.Метрика