Obama ma'muriyati Suriya mojarosini hal etishda Rossiyaga mag'lub bo'lmoqda, deya yozdi Amerikaning The Washington Post nashri.
Gazetaning qayd etishicha, prezident Obama va uning tashqi siyosat bo'yicha jamoasi yana bir marta boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
WP nashrining yozishicha, Putin kelgusi haftada BMTga Rossiyani IShIDga qarshi yangi xalqaro koalitsiyaning asosiy a'zosi etib tayinlashni taklif qilishi mumkin, Obama olib borayotgan urush esa hech qanday natija bergani yo'q.
Qayd etilishicha, qochoqlar sababli aybdorlik va qo'rquv tuyg'ulari ichida qolgan Еvropaga Putin chiqish yo'lini ko'rsatmoqda: hech qanday urush yo'q, hech qanday qochqinlar ham.
The Washington Post qarashiga ko'ra, Rossiyaning Suriya strategiyasi ish bermasligi mumkin, ammo u juda jiddiy va mantiqqa to'la mos keladi.