У нас есть только
оригинальные песни

Obama IShID uning uchun birinchi darajali masala ekanligini aytdi

calendar 23.04.2016
895

IShID, “al-Qoida” singari terrorchi guruhlar G‘arb oldidagi eng asosiy tahdiddir. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Germaniyaga safari (24–25-aprel) oldidan Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Mening uchun IShIDning yo‘q qilinishi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi”, — tan oldi Oq Uy rahbari.

Bundan tashqari, Obama Iroqda ham, Suriyada ham IShID kuchlari chekinayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Guruh nazorati ostidagi hudud qisqarmoqda”, — qo‘shimcha qildi u.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

Яндекс.Метрика