У нас есть только
оригинальные песни

Obama Muhammad Alining boks qo‘lqopini saqlashini tan oldi

calendar 05.06.2016
1693

AQSh prezidenti Barak Obama va rafiqasi Mishel butun dunyo bilan birga bokschi Muhammad Alining vafoti munosabati bilan motam tutmoqda.

 

“Muhammad Ali dunyoni larzaga keltirdi. Va dunyo bundan faqat yaxshilik ko‘rdi. Bizning barchamiz bundan yaxshilik ko‘rdik. Mishel va men uning oilasiga eng chuqur hamdardlik izhor etamiz”, — deyiladi prezident bayonotida.

Obama, shuningdek, o‘z ishxonasida Alining bir juft boks qo‘lqopini saqlashini tan oldi. Qo‘lqop, prezident so‘zlariga ko‘ra, “22 yoshli chempion Sonni Listonning tepasida sher kabi o‘kirib turgani aks etgan mashhur surat tagiga” osib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik afsonaviy bokschi, inson huquqlari kurashchisi, og‘ir vazn toifasida uch karra jahon chempioni Muhammad Ali 74 yoshida vafot etdi.

Яндекс.Метрика