У нас есть только
оригинальные песни

Obama Oq uydan ko'chishni boshladi

calendar 13.01.2017
1318

Ayni kunlarda AQShning yangi prezidenti Donald Trampga ishlarni topshirayotgan AQShning 44-prezidenti Barak Obama Oq uydan o'ziga tegishli narsalarni ko'chira boshladi. 

Obamaning oilasi uzoqqa ko'chmasligi ma`lum bo'ldi. Obama o'z oilasi bilan Vashingtonning nufuzli Kalorama tumaniga ko'chib o'tadi. Obama bu yerda 9 ta yotoqxonasi va 8 ta vannaxonasi bo'lgan, avval Bill Klintonning matbuot kotibi Jo Lokxartuga tegishli bo'lgan uyni oyiga 22 ming dollardan ijaraga oladi.

Sanoqlik kunlardan keyin rasman AQSh prezidenti bo'ladigan Tramp Oq uyda an`anaviy tarzda mavjud bo'lgan birinchi xonimga tegishli ofisni yopib, uning o'rniga "birinchi oila ofisi"ni joriy qilmoqchi. Bu yerda Trampning rafiqasi Melaniya va qizi Ivanka faoliyat yuritishadi.

Яндекс.Метрика